Moskvada dronlar hujumi: Neftni qayta ishlash zavodi yonmoqda — Moskva meri Sergey Sobyanin
Moskva meri Sergey Sobyanin seshanba kuni ertalab Rossiya poytaxtiga uchib kelgan jami 60 ta dron haqida ma’lum qildi.
Odatdagidek, Moskva merining Telegram-kanalida hech qanday qo‘shimcha tafsilotlar berilmagan, faqat "parchalar tushgan joyda" favqulodda xizmatlar mutaxassislari ishlayotgani haqidagi standart ibora keltirilgan.
Shu bilan birga, Ukrainaning "Exilenova+" monitoring kanali sanoat ob’ekti ustidan ko‘tarilayotgan olov ustuni va quyuq tutun aks etgan o‘ndan ortiq video va fotosuratlarni e’lon qildi. Ta’kidlanishicha, Kapotnyadagi neftni qayta ishlash zavodi (NQIZ) hujumga uchragan.
Sobyanin Kapotnyadagi NQIZ hujumga uchraganini tasdiqladi.
"Dronlardan biri Moskva NQIZ ob’ektiga shikast yetkazdi. Jabrlanganlar yo‘q. Favqulodda xizmatlar voqea joyida ishlamoqda va yong‘in bartaraf etildi", — deya xabar berdi Sobyanin.
Moskva NQIZ avval ham, 17 may kuni Ukraina uchuvchisiz uchish apparatlari hujumiga uchragan edi. O‘shanda 12 kishi yaralangandi.
"Kubanda dronlar hujumidan keyin Krasnodar o‘lkasi Krasnoarmeysk tumanidagi Poltavskaya qishloq aholi punktida joylashgan neft bazasi yonmoqda", — deb xabar beradi "Interfaks" mintaqaviy tezkor shtabga tayanib.
"Interfaks"ning mintaqaviy tezkor shtabga tayanib bergan xabarida aytilishicha, halok bo‘lganlar va jabrlanganlar yo‘q, yong‘in "dron parchalari tushishi natijasida" sodir bo‘lgan.
