Telegramda “Jihodchilar” oqimi faol a’zosining ma’ruzalarini tarqatgan qo‘qonlik yigitga jazo tayinlandi

Telegramda “Jihodchilar” oqimi faol a’zosining ma’ruzalarini tarqatgan qo‘qonlik yigitga jazo tayinlandi

Qo‘qonda yaqinlariga “Jihodchilar” oqimi faol a’zosining ma’ruzalarini tarqatgan tadbirkor yigitga jazo tayinlandi. Bu haqda Farg‘ona viloyati prokuraturasi bo‘lim boshlig‘ining o‘rinbosari Sherali Toshboltayev ma’lum qildi.

Qo‘qonlik tadbirkor 25 yoshli Abdusalim Hamidov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) 2017 yilda telegramda o‘z profiliga ega bo‘ladi. Shu tariqa 2018 yil dekabr oyida “Salovatlar” nomli guruhi a’zo bo‘ladi. 2019 yil 15 fevral kuni esa kanalda “Jihodchilar” ekstremistik oqimining faol a’zolaridan biri Abdulloh domlaning “Jannatga oshiqlar” nomli ma’ruzasini o‘ziga yuklab olib uni 11 nafar sinfdoshi hamda 14 nafar tanishiga tarqatadi.

Toshboltayevning ma’lum qilishicha u o‘z aybini to‘liq tan olib guvohlar, sinfdoshlari va tanishlarining ko‘rsatmalari bilan aybi tasidqlangan. Sud tomonidan unga 4,5 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!