Tekshiruvdan so‘ng yana bir avtosalon rahbari ishdan bo‘shatildi

Tekshiruvdan so‘ng yana bir avtosalon rahbari ishdan bo‘shatildi

“ToshkentAvtosavdo” MCHJda amalga oshirilgan tekshiruv chog‘ida tizimli ravishda xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.

Dilerlik korxonasida mavjud hujjatlar o‘rganilganda, 2018 yil avgust-sentyabr oylarida sotilgan avtomobillar bo‘yicha tuzilgan noqonuniy hujjatlar mavjudligi, sotilgan avtomobillar bo‘yicha to‘lov rejasida qoidabuzarliklar, avtomobillarni sotish bo‘yicha tizimli ishlar ta’minlanmaganligi kabi holatlar aniqlandi.

Shuningdek shartnomalarni rasmiylashtirishda bir qator qoidabuzarliklar, xususan, avtosalon muhri, mijozlar imzosi, pasport nusxalari hamda to‘lov amalga oshirilganligi haqidagi hujjatlarning yo‘qligi namoyon bo‘ldi.

Bundan tashqari, 37 dona avtomobil yetkazib berish to‘g‘risidagi shartnoma xaridorlar ishtirokisiz tuzilganligi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek avtomobillarni sotishda ilova qilingan hujjatlarda mijozlarning imzolari soxtalashtirilganligi ehtimoli tekshirilmoqda.

“ToshkentAvtosavdo” MCHJga amalga oshirilgan ko‘chma tekshiruv chog‘ida tizimli ravishda xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi va buning natijasida ushbu korxonaga yangi boshqaruv raisi Dilshodbek Bakiyev tayinlandi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!