Surxondaryodagi portlash haqida qo‘shimcha ma’lumot: Qurbon bor

Surxondaryodagi portlash haqida qo‘shimcha ma’lumot: Qurbon bor

Xabar berganimizdek, 7 dekabr kuni soat 03:57 da Denov tumanidagi “Indenim” savdo majmuasida gaz-havo aralashmasi bilan bog‘liq chaqnash yuzaga kelgan edi. 9 nafar fuqaro turli tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan edi. Chaqnash natijasida sodir bo‘lgan yong‘in 28 daqiqa mobaynida FVV kuch-vositalari tomonidan o‘chirilgan.

30 daqiqa atrofida vayrona ostida olib borilgan qidiruv ishlarida bir nafar halok bo‘lgan fuqaro aniqlangan.

Mazkur hodisa sabab va oqibatlarini o‘rganish uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.Ramatov boshchiligidagi Hukumat komissiyasi voqea joyida ish olib bormoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!