Surxondaryoda erkak yovvoyi to‘ng‘iz bolalarini uyida saqlab kelayotgani aniqlandi

Surxondaryoda erkak yovvoyi to‘ng‘iz bolalarini uyida saqlab kelayotgani aniqlandi

Termiz tumanidagi “Ayritom” mahallasida yashovchi fuqaro S.B. yovvoyi to‘ng‘izning 2 bosh bolasini ushlab olib, o‘z xonadonida boqib kelgani haqida xabar kelib tushdi.

Tezkor guruh mahallasi raisi ishtirokida fuqaro S.B.ning xonadoniga borishganida, xabar o‘z tasdig‘ini topdi.

Fuqaro yovvoyi to‘ng‘iz bolalarini o‘zi ushlab olganini va vaqtincha saqlayotganini bildirdi. Unga yovvoyi hayvonlarni saqlash bo‘yicha amaldagi qonunchilik talablari tushuntirilganidan so‘ng bu xatti-harakati noqonuniy ekanini bildirib, o‘z xohishiga ko‘ra to‘ng‘iz bolalarini ekologiya davlat inspektorlariga topshirdi.

Yovvoyi to‘ng‘iz bolalari qonuniy to‘xtamga kelgunga qadar Termiz hayvonot bog‘iga vaqtinchalik topshirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!