Surxondaryoda aka-ukalar ikki ayolning kiyimlarini yirtib, sochlarini kesib, do‘pposlashdi

Surxondaryoda aka-ukalar ikki ayolning kiyimlarini yirtib, sochlarini kesib, do‘pposlashdi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Ayolni xo‘rlagan advokat” rukni ostida tarqalgan xabarlar Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan o‘rganildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi.

Aniqlanishicha, Boysun tumanida yashovchi aka-uka B.X. va T.Xlar 2021 yil 21 iyul kuni taxminan soat 16-00 larda Sho‘rchi tumani, “Sovjironbobo” mahallasi hududida akasi R.X.ning turmush o‘rtog‘i F.Xursandova va uning dugonasi M.Boboyevalarni uchratib qolib, ularga “singlimning tinchligini nega buzyapsan, singlimni hayotiga aralashma” deb, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, qaychi bilan ularning sochlarini kesib, egnidagi kiyimlarini yirtib, urib-do‘pposlab, F.Xursandova va M.Boboyevalarga “engil tan jarohati” yetkazishgan.

Mazkur holat yuzasidan 22.07.2021 yilda Sho‘rchi tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishi doirasida 2 nafar shaxsga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Sho‘rchi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov harakatlari davomida boshqa ishtirokchilarning harakatlariga ham huquqiy baho beriladi.

Jinoyat ishining tergovi viloyat prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!