Sun’iy intellekt texnologiyalari – yaqin kelajakning rivojlanish drayveri

Sun’iy intellekt texnologiyalari – yaqin kelajakning rivojlanish drayveri

Koreya Respublikasida tashkil etilgan «UN PUBLIC SERVICE FORUM-2024» doirasida tashkil etilgan plenar sessiyada Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etib, nutq so‘zladi.

Vazir hukumatni raqamli transformasiya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, sun’iy intellektning muhimligi xususidagi fikrlarini bildirib, hozirda O‘zbekistonda hukumatni raqamli transformasiya qilishga asosiy e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

Shuningdek, sun’iy intellekt texnologiyalari yaqin kelajakning rivojlanish drayveri ekanligini, O‘zbekiston ham ushbu yo‘nalishda muhim bosqichlarni bosib o‘tayotganini qo‘shimcha qildi.

Vazir nutqi davomida mamlakatimizda raqamlashtirish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, ushbu sohaning rivojlanish holati va yaratilgan shart-sharoitlarga to‘xtalib, bunda O‘zbekistonda sun’iy intellekt davlat boshqaruviga kirib borayotgani, xususan, MyID tizimi haqida ma’lumot berib o‘tdi.

Shu bilan birga, Coursera platformasi bilan bog‘liq yutuqlarni e’tirof etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!