SpaceX raketasi internet-sun’iy yo‘ldoshlar guruhini orbitaga olib chiqdi

SpaceX raketasi internet-sun’iy yo‘ldoshlar guruhini orbitaga olib chiqdi

Falcon 9 raketasi yakshanba kuni Starlink tizimining global Internet qamrov tarmog‘ining orbital turkumini to‘ldirish uchun 23 ta mini-sun’iy yo‘ldoshning navbatdagi partiyasini muvaffaqiyatli olib chiqdi, deb xabar berdi SpaceX ishlab chiqaruvchi kompaniyasi.

Raketa Florida shtatidagi Kanaveral burnidagi AQSh kosmik kuchlari bazasining 40-uchirish majmuasidan AQShning sharqiy sohilidagi vaqti bilan 01:09 da (Toshkeent vaqti bilan 10:09) uchirildi. Taxminan bir soat o‘tgach, sun’iy yo‘ldoshlar orbitaga chiqarildi.

Uchirish doirasida 14 marta ishlatilgan raketaning qayta ishlatilishi mumkin bo‘lgan birinchi bosqichi ajratilgandan so‘ng Atlantika okeanida joylashgan A Shortfall of Gravitas dron platformasiga boshqariladigan vertikal qo‘nishni amalga oshirdi.

2019 yil may oyidan beri SpaceX Starlink loyihasi doirasida 6,7 mingdan ortiq shunday sun’iy yo‘ldoshlarni uchirdi. Ulardan ba’zilari muvaffaqiyasizlikka uchradi yoki orbitani tark etdi. Orbitada 6,2 mingdan ortiq qurilma ish holatida.

SpaceX - dunyodagi eng yirik sun’iy yo‘ldosh operatori. Starlink Internet tarmog‘idan Shimoliy va Janubiy Amerika, Yevropa, Osiyo, Afrika va Avstraliya kabi 72 mamlakat foydalanuvchilari foydalanishi mumkin. Pentagon ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu sun’iy yo‘ldoshlar xizmatlaridan Amerika harbiylari ham faol foydalanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!