Sobiq prezident va uning ukasi Oliy sudga chaqirildi

Sobiq prezident va uning ukasi Oliy sudga chaqirildi

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Sooronbay Jeenbekov va uning ukasi Jogorku Kenesh deputati Asilbek Jeenbekov Oliy sud majlisiga taklif qilindi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston agentligi xabar qilmoqda.

16 dekabr kuni sudlov hay’ati sobiq O‘sh viloyati IIB boshlig‘i Abdilat Kaparovning ishini ko‘rib chiqqan. U 2017 yildan buyon Soooronbay va Asilbek Jeenbekovlarga yetkazilgan ma’naviy zararni qoplamaganlik uchun jazo muddatini o‘tab kelgan.

Ma’lum qilinishicha, kechagi sud majlisi davomida advokat Erkin Sadanbekovdan sudga jabrlanuvchi tomon – Jeenbekovlarni chaqirish to‘g‘risida iltimosnoma kelib tushgan. Iltimosnoma qanoatlantirilgan va majlis 12 yanvarga qoldirilgan.

Avvalroq OAV Kaparov aka-uka Jeenbekovlar 2010 yil iyun voqealari vaqtida vaziyatni tartibga solish uchun ajratilgan 3 million dollarni o‘zlashtirganliklari haqidagi gaplari uchun mahkum qilinganini xabar qilgan edi.

Sooronbay Jeenbekov 2010 yildagi voqealardan so‘ng O‘sh viloyatidagi hukumatning vakolatli vakolatxonasiga rahbarlik qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!