Siril Ramaposa JAR prezidenti etib qayta saylandi

Siril Ramaposa JAR prezidenti etib qayta saylandi

Janubiy Afrika Respublikasi Milliy assambleyasi Siril Ramaposani mamlakat prezidenti etib qayta sayladi. 14 iyun, juma kuni kechqurun «Afrika milliy kongressi» (AMK) partiyasi yetakchisi 71 yoshli Ramaposa nomzodi uchun 283 deputat ovoz berdi.

Uning raqibi, «Iqtisodiy erkinlik kurashchilari» partiyasidan Julius Malemni 44 deputat qo‘llab-quvvatladi, dedi Janubiy Afrika yangi parlamentining birinchi yig‘ilishiga raislik qilgan JAR bosh sudyasi Raymond Zondo yashirin ovoz berishdan so‘ng.

Ramaposaning yangi inaugurasiyasi 19 iyun kuni Pretoriyada bo‘lib o‘tadi, deya xabar bermoqda AFP hukumatdagi manbalarga tayanib.

«Afrika milliy kongressi» birinchi marta koalisiya tuzishga majbur bo‘ldi

1994 yilda Janubiy Afrika demokratik kursi boshlanganidan beri, AMK har doim parlament saylovlarida mutlaq ko‘pchilik ovozlarni qo‘lga kiritgan va Afrika qit’asidagi eng kuchli iqtisodiyotni bir o‘zi boshqarib kelgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!