Sirdaryodagi dahshatli YTH sabab qizaloq onasidan ayrildi

Sirdaryodagi dahshatli YTH sabab qizaloq onasidan ayrildi

Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida 14 noyabr kuni “Lasetti” rusumli avtomashina “Otayurt” MFY hududidan o‘tuvchi 933-km.da “Kamaz-53215” rusumli yuk ko‘tarish avtomashinasi bilan to‘qnashib ketdi, deb xabar qildi IIV matbuot xizmati.

“Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida 14 noyabr kuni Xorazm viloyati Yangibozor tumanida yashovchi A.R. o‘zining “Lasetti” rusumli avtomashinasini “Otayurt” MFY hududidan o‘tuvchi 933-km.da haydab ketayotib, o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan M.G‘. boshqaruvidagi “Kamaz-53215” rusumli yuk ko‘tarish avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan”, - deyilgan xabarda.

Natijada “Lasetti” avtomashinasi haydovchisi, uning 5 nafar yo‘lovchilari (ulardan 2 nafari ona va bola) jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan.

Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay yo‘lovchilardan biri 2 yoshli qizaloqning onasi vafot etgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!