Sirdaryoda turmush o‘rtog‘ining badaniga pichoq bilan sakkiz marotaba urib, qasddan o‘ldirgan qotil erga sud hukmi o‘qildi

Sirdaryoda turmush o‘rtog‘ining badaniga pichoq bilan sakkiz marotaba urib, qasddan o‘ldirgan qotil erga sud hukmi o‘qildi

Bu hayotda har bir odamning qadr-qimmatini belgilaydigan, oilaning mustahkam, tinch-totuv, hamjihat va barqarorligini ta’minlaydigan qadriyatlar ko‘p. Oilaga sadoqat, o‘zaro hurmat, ibo, hayo singari qadriyatlar shular sirasiga kiradi.

Bularni ta’kidlashdan maqsad shuki, bu qadriyatlar toptalgan, o‘z qadr-qimmatini yo‘qotgan joyda hech shubhasiz, boshboshdoqlik, parokandalik yuzaga keladi.

Boyovut tumanida yashovchi P.N. ham yaxshi niyat bilan X.N. bilan turmush qurdi, lekin ro‘zg‘ordagi kam-ko‘stlarni to‘ldirish o‘rniga P.N. ijtimoiy foydali mehnat bilan shug‘ullanmasdan, turmush o‘rtog‘i X.N. bilan o‘zaro oilaviy kelishmovchilik oqibatida ilgari sudning qarori bilan jarima jazosiga tortilgan bo‘lsa-da, bundan o‘ziga tegishli xulosa chiqarmasdan, tuzalish yo‘liga o‘tmasdan 2020 yil 31 iyul kuni o‘zining yashash xonadonida bo‘lgan voyaga yetmagan ikki nafar farzandini cho‘milishga yuborib, turmush o‘rtog‘i X.N. bilan o‘zaro janjallashib, bir-birlarini har-xil kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqorat qilib, yashash uyi xonasiga kirishini aytib, xona eshigini yopib, xona ichida bo‘lgan pichoq bilan X.N.ning hayoti uchun xavfli bo‘lgan ko‘krak qafasi qismiga va badanining turli joylariga qo‘lidagi oshxona pichog‘i bilan sakkiz marotaba urib tan-jarohati yetkazib qasddan o‘ldirgan.

Sud, mazkur jinoyat ishini mazmunan ko‘rib chiqib, P.N.ga O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 1-qismi bilan 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

Albatta, bu mudhish qotillik haqida fikr yuritganda, qo‘ngilda turli xil fikr-mulohazalar paydo bo‘ladi. Bu o‘ta og‘ir jinoyat nega sodir bo‘ldi? Buning sabablari nima bilan izohlanadi?

Bu savollarga daf’atan aniq javob topish mushkul. Ammo shunisi aniqki, oilada er-xotin o‘rtasida o‘zaro hurmat-izzat, mehr-oqibat va ahillikning yo‘qolgani, ayolning oilada o‘z o‘rnini bilmasligi, erning ro‘zg‘orga befarqligi bu mudhish voqeaning kelib chiqishiga sabab bo‘lmaganmi?

A.Kuramatov,
B.Mamadaminov,
Sirdaryo
 viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyalari


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!