Shvesiya Turkiya uchun konstitusiyasini o‘zgartirmoqda

Shvesiya Turkiya uchun konstitusiyasini o‘zgartirmoqda

Chorshanba kuni Shvesiya parlamenti terrorizmga qarshi qonunchilikni mustahkamlovchi konstitusiyaviy o‘zgarishlarni ma’qulladi. Yangi normalar «terrorchilik faoliyati bilan bog‘liq guruhlarning yig‘ilish erkinligini cheklashga imkon beradi», deb xabar beradi Euronews.

Shvesiyaning asosiy qonuniga kiritilgan bu o‘zgarishlar Turkiya uchun kiritildi.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya haligacha Skandinaviya qirolligining NATOga kirishiga to‘sqinlik qilmoqda. Endi Shvesiyada Anqara terrorchi deb hisoblagan kurd tashkilotlariga aloqador shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish osonroq bo‘ladi. O‘tgan hafta Turkiyaga tashrifi chog‘ida Shvesiya Bosh vaziri Ulf Kristersson vazirlar kabineti terrorizmga qarshi kurashni kuchaytirish niyatida ekanini ta’kidladi. Shvesiya NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza berdi, biroq uning nomzodi Turkiya tomonidan bloklandi.

Chorshanba kuni tasdiqlangan o‘zgarishlar keyingi yilning 1 yanvaridan kuchga kirishi kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!