Shimoliy Koreya yana bir nechta raketalarini uchirdi

Shimoliy Koreya yana bir nechta raketalarini uchirdi

Janubiy Koreya armiyasi bir necha soat oldin Shimoliy Koreya tomonidan ko‘p maqsadli raketa tashuvchisi yordamida bir nechta raketa uchirilganini xabar qildi.

Eron teleradiokompaniyasning o‘zbek tilidagi saytining xabar qilishicha, Janubiy Koreya armiyasi bu raketalar kecha soat 8:07 dan 11:03 gacha uchirilganini e’lon qildi.

Janubiy Koreya mudofaa vazirligi ham hushyorligini kuchaytirishini bayon etar ekan, o‘z ta’biri bilan Shimoliy Koreya tahdidariga qarshi kurashi uchun AQSh bilan yaqindan hamkorlik qilishini ta’kidladi.

Bundan oldin Shimoliy Koreya yetakichisi mamlakat armiyasi tashkil etilganining yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda " dushmanni yo‘q qilish uchun" Shimoliy Koreyaning harbiy qudratini kuchaytirishga chaqirgan edi.

Biroq Shimoliy Koreyaning BMTdagi vakili Kim Song yaqinda uning mamlakati qurol sinovlarini o‘tkazish va mudofaa qobiliyatini mustahkamlashga qoununiy huquqqa ega ekanligini qo‘shimcha qildi.

Shimoliy Koreya AQSh davlati Pxenyan rejimini ag‘darishga qaratilgan dushmanlik siyosatini to‘xtatmagunicha raketa va yadro dasturidan qaytmasligini ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!