Sergelida katta firibgarlik: bu safar 200 000 dollar yo‘q...

Sergelida katta firibgarlik: bu safar 200 000 dollar yo‘q...

Hayotda shunday insonlar ham bo‘ladiki, ular o‘zgalar hisobidan kun kechirishni odat qilishgan. Poytaxtimizning Sergeli tumanida istiqomat qiluvchi Shokir Karimov (voqea ishtirokchilarining ism-shariflari o‘zgartirildi) ham shunday kimsalar toifasidan ekan. Bu haqda "postda.uz" yozmoqda.

U o‘zining mahalladoshi Nosir Yunusovdan unga Rossiya  Federasiyasidan “VAZ” rusumli avtomashinalarning ehtiyot qismlarini olib kelib berishini va’da qilib, 200 ming AQSh dollarini sanab oladi.

Ammo, oradan ancha vaqt o‘tib, kelishilgan muddat tugasa-da, vijdoni jig‘ildonga aylangan bu firibgar na ehtiyot qismlarni, na pullarni egasiga qaytaradi. Shundan so‘ng toqati toq bo‘lgan jabrlanuvchi ariza bilan tuman ichki ishlar organlariga murojaat qiladi.

Endilikda, pullarni o‘z ehtiyoji yo‘lida ishlatib yuborgan mazkur kimsa qonun oldida javob bermoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!