Saudiya Arabistonida Ronaldu muzeyi ochildi

Saudiya Arabistonida Ronaldu muzeyi ochildi

Hozirda “An-Nasr”da to‘p tepayotgan portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu sharafiga muzey ochildi. "FourFourTwo" portaliga ko‘ra, u Ar-Riyodda (Saudiya Arabistoni) joylashgan. Muzey 38 yoshli to‘purarning futbolchilik faoliyatidagi eng muhim lahzalarni namoyish etadi.

Eslatib o‘tamiz, Krishtianu "Al-Nasr"ga 2023 yil boshida o‘tgan va klub bilan 2025 yilning yoziga qadar mehnat shartnomasi imzolagandi.

Saudiya Arabistoni chempionatining joriy mavsumida tajribali hujumchi 13 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Ronaldu 15 ta gol (3 tasi penaltidan) va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!