Samsung o‘zining aqlli krossovkalarini chiqardi

Samsung o‘zining aqlli krossovkalarini chiqardi

“Samsung” birinchi marta poyabzal bozoriga kirdi. Bu haqda “hi-tech.mail” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, kompaniya gollandiyalik dizayner Roel van Xoff bilan hamkorlikda smartfonni masofadan boshqarish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan dunyodagi birinchi krossovkani taqdim etdi.

“Shortcut” nomli krossovkalar bir-biridan masofani o‘lchaydigan maxsus sensorlar bilan jihozlangan. Foydalanuvchi oyoqlarini harakatga keltirganda, smartfonda ma’lum bir harakat amalga oshiriladi.

Misol uchun, agar krossovkani krossovkaga urib qo‘yilsa, foydalanuvchi qo‘ng‘iroqqa javob bera oladi. Agar “oy yurishi” uslubida raqsga tushilsa, smartfon musiqani yoqadi.

Dizayner Roel van Xoffning aytishicha, “Shortcut” krossovkalari “Samsung Galaxy” liniyasiga ishora qiluvchi “kosmik” ko‘rinishga ega.

Hozirda bunday turdagi krossovkalarning qachon ommaviy ishlab chiqarilishi haqida hech qanday ma’lumot berilmagan.

Krossovkalarni shunchaki xarid qilish imkoniyati mavjud emas. Ularni kompaniya Niderlandiyada 9-iyulgacha o‘tkazayotgan qur’a tashlashda yutib olish mumkin.

Qur’a tashlash yakuni bo‘yicha g‘oliblar 15-iyul kuni e’lon qilinadi. Hammasi bo‘lib 6 juft krossovkalar tayyorlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!