Samoalik boks murabbiyi Olimpiadaning ochilish kunida vafot etdi

Samoalik boks murabbiyi Olimpiadaning ochilish kunida vafot etdi

Samoalik boks bo‘yicha murabbiy Lionel Elika Olimpiya qishlog‘ida vafot etdi.

Barron's xabariga ko‘ra , fojia 26 iyul kuni ertalab sodir bo‘lgan. 60 yoshli mutaxassisning yuragi tutib qolgan.

Ma’lum qilinishicha, u sportchilardan biri bilan bir xonada bo‘lgan va birdan o‘zini yomon his qilgan. Unga tez yordam ko‘rsatishga harakat qilishgan, biroq uni qutqarib qolishning iloji bo‘lmagan.

Xalqaro boks assosiasiyasi Elikaning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!