Samarqandda giyohvand moddalar sotayotgan shaxs koronavirusga chalingani ma’lum bo‘ldi

Samarqandda giyohvand moddalar sotayotgan shaxs koronavirusga chalingani ma’lum bo‘ldi

Samarqand. 2020 yilning 10 iyul kuni soat 12:30 da IIB xodimlari tomonidan Samarqand shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirida 38 yoshli U.D. 0,59 gramm «Gashish» giyohvandlik vositasini 500.000 so‘mga qonunga xilof ravishda sotgan vaqtida ushlanib, tadbirda ishlatilgan 250.000 so‘m pullar xolislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirib olingan.

Holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (ko‘p miqdorda giyohvandlik vositasini o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha U.D., ga tegishli modda bilan ayb e’lon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Ammo dastlabki tergov jaranida U.D. «Covid-19» kasalligi bilan xastalanganligi aniqlanib, zudlik bilan unga nisbatan qo‘llanilgan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi “munosib xulq-atvorda bo‘lish haqidagi tilxat” ehtiyot chorasiga almashtirilgan, U.D. karantinga olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!