Sadir Japarovning Tojikistonga tashrif buyurishi xavfli va qaltis qaror — mutaxassis

Sadir Japarovning Tojikistonga tashrif buyurishi xavfli va qaltis qaror — mutaxassis

28-29 iyun kunlari Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov rasmiy tashrif bilan Tojikiston Respublikasida bo‘ladi. Tashrif davomida Emomali Rahmon bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazilishi kutilmoqda.

Markaziy Osiyo bo‘yicha mutaxassis Grigoriy Mixaylov muzokaralarning asosiy masalasi davlat chegarasi masalasi bo‘ladi deb hisoblaydi.

“Sadir Japarov, shubhasiz, joriy yil aprel oyi oxiri-may oyi boshlarida sodir bo‘lgan voqealar tufayli kuchaygan chegara muammolarini hal qilish uchun Tojikistonga boradi. Transchegaraviy mavzudan tashqari, iqtisodiy hamkorlik mavzularini ham muhokama qilish mumkin. Ammo baribir, asosiy masala chegara masalasidir», - deya ta’kidlaydi G. Mixaylov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Sadir Japarovning Tojikistonga safari ancha xavfli harakat hisoblanadi. Tahlilchining ta’kidlashicha, Qirg‘izistonning ayrim siyosatchilari prezident behuda ketdi, u uyda o‘tirib, Emomali Rahmonning o‘zi tashabbus ko‘rsatishini kutishi kerak edi va hokazo kabi fikrlarni bildirmoqda.

“Ammo, agar siz Emomali Rahmon tashabbus ko‘rsatishini va muammo bilan shug‘ullanishini kutsangiz, unda siz uzoq kutishingiz mumkin. Sadir Japarovning borishi va masala yechimi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi haqiqatan muhim harakat, ma’lum bir mas’uliyat va jasorat talab qiladigan harakatdir. Va bu, albatta, xavflidir, chunki chegara masalasi hal etiladimi yoki yo‘qmi noma’lum. Qanday bo‘lmasin, ba’zi bir Qirg‘izistonning avvalgi prezidentlari singari passiv o‘tirib, kimdir siz uchun buni qilishini kutishdan ko‘ra yaxshiroqdir. Bunday holatda amaldagi prezident taniqli "Agar tog‘ Magomedga bormasa, Magomed o‘zi tog‘ga boradi" degan maqolga binoan harakat qiladi.

Grigoriy Mixaylovning ta’kidlashicha, Afg‘onistondagi so‘nggi voqealar, amerikaliklar o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketayotgani va toliblar tobora ko‘proq hududlarni, shu jumladan Tojikiston bilan chegaraning bir qismini o‘z nazorati ostiga olishni boshlaganini hisobga olib, tojiklar o‘zaro munosabatlarni barqarorlashtirishdan manfaatdor.

Markaziy Osiyo bo‘yicha mutaxassis chegara masalasi bundan 10-15 yil oldin hal qilinishi kerakligini ta’kidladi. Ular hal qilinmaguncha, bu mintaqadagi barcha mamlakatlar, shu jumladan, O‘zbekiston uchun juda jiddiy xavf tug‘diradi.

"Chegara delimitasiya qilinishi bilanoq, Farg‘ona vodiysida qayta-qayta yuzaga keladigan ba’zi mojarolarga barham berish mumkin", dedi Mixaylov.

Moskvaning pozisiyasiga kelsak, ekspertning so‘zlariga ko‘ra, Moskva qirg‘iz-tojik chegarasidagi nizolarni erta, tinch yo‘l bilan hal qilishdan manfaatdor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!