Rossiyalik milliarderning kuyovi prezident bo‘lishi mumkin

Rossiyalik milliarderning kuyovi prezident bo‘lishi mumkin

“Forbes” nashri ma’lumotiga ko‘ra, rossiyalik milliarder Dmitriy Ribolovlevning kuyovi Xuan Sartori Urugvay prezidenti bo‘lishi mumkin.

 

“Uralkaliy”ning sobiq egasi, hozirda esa “Monako” futbol klubining rahbari bo‘lgan Ribolovlev Forbesning Rossiyaning eng boy tadbirkorlari reytingida 17 o‘rinda turadi (6.8 milliard dollar).

 

Kuyovi esa “Union Group ” konklomerati asoschisi va prezidenti hamda «Sanderlend» ingliz futbol klubining rahbari hamdir. U milliarderning katta qiziga uylangan.

 

Forbes ma’lumotiga ko‘ra, 38 yoshli Sartori siyosiy tajribaga ega bo‘lmagan holda o‘z mamlakatining prezidenti bo‘lishga urinib ko‘rmoqchi. Dastlabki saylovlar 30 iyun kuni, prezident saylovi esa oktyabrda bo‘lib o‘tadi.

 

Ma’lumotlarga qaraganda, qaynota kuyovining ishlariga aralashish niyatida emas. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu kuyovining shaxsiy ishi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!