Rossiyalik ekspert Toshkentni muntazam suv bosishi haqida

Rossiyalik ekspert Toshkentni muntazam suv bosishi haqida

Rossiyaning Shahar iqtisodiyoti instituti fondining Shahar xo‘jaligi yo‘nalishi direktori Irina Gensler Toshkent shahri ko‘chalarini navbatdagi suv bosgani holatiga izoh berdi, deb yozadi Sputnik.

So‘nggi paytlarda Toshkent shahrida suv toshqinlari bilan bog‘liq ko‘ngilsiz holatlar tez-tez uchramoqda. Toshkentning yomg‘ir suvi kanalizasiyasi suvning katta oqimini bartaraf eta olmayapti.

Ekspertning fikriga ko‘ra, bunga sabab vaqt o‘tishi bilan iqlimning o‘zgarishi va ilgari suv bosmagan hududlarda endilikda ko‘p yog‘ingarchilik yog‘ishidir.

Shahar infratuzilmasi bu kompleks yondashish, modernizasiya va yirik investisiyalarni talab qiluvchi juda murakkab mavzu. Lekin O‘zbekiston hukumati bu masalani faol ravishda hal etishmoqda mamlakatda Urbanizasiya agentligi tashkil etilgan, xalqaro tashkilotlar o‘zlarining tajribalari bilan o‘rtoqlashmoqda. Mamlakatda juda muhim bo‘lgan hujjat O‘zbekiston urbanizasiya strategiyasi ustida ulkan ish olib borilmoqda. Bu hujjatda shahar muhiti sifatini oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘plab masalalar aks ettiriladi , dedi Gensler.

O‘zbekistonda so‘nggi haftada kuchli yog‘ingarchilik yuz berdi. Shu tufayli mamlakatning qator hududlarida suv toshqinlari bilan bog‘liq ko‘ngilsiz holatlar kuzatildi.

Manba: daryo. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!