Rossiyada Toyota poyezd tagida qoldi. Qurbonlar bor

Rossiyada Toyota poyezd tagida qoldi. Qurbonlar bor

Krasnodar o‘lkasida yo‘lovchi poyezdi va mashina to‘qnashuvi natijasida ikki kishi halok bo‘ldi.

Shimoliy Kavkaz temir yo‘li matbuot xizmatining xabar berishicha, Toyota haydovchisi 152-sonli Moskva — Anapa yo‘lovchi poyezdi oldida signal ishlayotganda temir yo‘l kesishmasi tomon yo‘l olgan. Poyezd haydovchisi favqulodda tormoz bergan, ammo masofa yetarli bo‘lmagan va to‘qnashuvning oldini olish mumkin emasdi.

Hodisa natijasida avtomobil haydovchisi va yo‘lovchisi joyida vafot etdi. Mashinadagi yana bir yo‘lovchi kasalxonaga yotqizilgan. Poyezd yo‘lovchilari jarohat olishmadi.

Ushbu voqea Krasnodar o‘lkasida poyezdlarning kechikishiga sabab bo‘ldi. Xususan, matbuot xizmatining xabar berishicha, 134-sonli "Moskva - Anapa" va 360-sonli "Smolensk - Anapa" yo‘lovchi poyezdlari 1,5 soatgacha ushlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!