Ilgari AQShning Universal Beverage kompaniyasiga qarashli bo‘lgan "Glavprodukt" konserva ishlab chiqaruvchisi Rossiya Milliy gvardiyasi va Rossiya Mudofaa vazirligiga oziq-ovqat yetkazib berish ishlariga jalb etilishi mumkin.
Bu haqda Reuters agentligi kompaniyaning yangi rahbariyati Rossiya Federasiyasi bosh prokurorga yo‘llagan maktubiga asoslanib xabar berdi.
Hujjatda ta’kidlanishicha, "Glavprodukt"ning davlat tasarrufiga o‘tkazilishi barqaror ishlab chiqarishni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan - jumladan, kelajakda kuch tuzilmalariga yetkazib berish manfaatlarini ko‘zlab. Kompaniya Rosimushchestvo (Rossiya mulk agentligi) tasarrufiga o‘tkazilgandan so‘ng, "Drujba Narodov" ishlab chiqaruvchisining so‘roviga ko‘ra yangi bosh direktor tayinlandi. 2018 yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, "Drujba Narodov" 2019-2020 yillarda Rosgvardiya uchun yagona oziq-ovqat yetkazib beruvchi bo‘lgan.
Shu paytgacha "Glavprodukt" armiyaga mahsulot yetkazib berish bilan shug‘ullanmagan. Shunday bo‘lsa-da, hukumat vakillari kompaniyani Qurolli Kuchlarni ta’minlash tizimiga kiritish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга, шунингдек, мамлакат ичидаги исмини ошкор қилишни истамаган манбалар Тожикистон Республикаси Президенти Имомали Раҳмоннинг вафотини тасдиқлади.
Сўнгги кунларда айрим оммавий ахборот воситалари ва ижтимоий тармоқларда 2026 йил 9 март куни Исроилнинг Йехуд шаҳрида қурилиш майдонида содир бўлган ракета ҳужуми оқибатида ҳалок бўлган шахс ҳақида хабарлар тарқалмоқда.