AQShning Suriyadan chiqishi ehtimoli Isroilda xavotir uyg‘otmoqda - Isroil OAV

Isroilning Ynet nashriga ko‘ra, AQSh Mudofaa vazirligi vakillari isroillik hamkasblariga yaqin ikki oy ichida amerikalik qo‘shinlarni Suriyadan bosqichma-bosqich olib chiqishni boshlash niyatlari haqida ma’lum qilgan.
Isroilning Vashingtonni bu qadamdan voz kechishga ko‘ndirishga bir necha bor urinishlariga qaramay, AQSh ma’muriyati qaror qabul qilinganini va qayta ko‘rib chiqilmasligini ochiq aytdi. Biroq, Ynet qayd etganidek, Isroil harbiylari taslim bo‘lmayapti va yo‘nalishni o‘zgartirishga umid qilib, Oq uyga bosim o‘tkazishda davom etmoqda.
Isroil bu Asad rejimi qulagandan beri mintaqada, ayniqsa Suriyada faol ravishda o‘z ta’sirini kengaytirib kelayotgan Turkiyaning pozisiyasini mustahkamlashidan qo‘rqib, AQShning qo‘shinlarni olib chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilmoqda, deb ta’kidlaydi Ynet nashri.
Yaqinda AQSh qo‘shinlarini olib chiqish va Donald Trampning Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning yaqinda Binyamin Netanyaxu bilan uchrashuvi chog‘ida iliq munosabatda bo‘lishi Isroil mudofaa tizimidagi keskinlikni kuchaytirdi.
Tel-Aviv Turkiya harbiylarining Suriyada kuchayishi Isroil armiyasining ko‘p yillik fuqarolar urushi tufayli zaiflashgan mintaqadagi imkoniyatlariga jiddiy zarba berishidan xavotirda.