45 kg. kir yuvish kukuni niqobi ostidagi kuchli ta’sir qiluvchi modda to‘xtatib qolindi

45 kg. kir yuvish kukuni niqobi ostidagi kuchli ta’sir qiluvchi modda to‘xtatib qolindi

Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan “Do‘stlik” chegara bojxona posti, viloyat davlat xavfsizlik xizmati hamda ichki ishlar idoralari bilan hamkorlikda yirik miqdordagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni respublikamiz hududiga olib kirishga bo‘lgan ayyorona urinish fosh qilindi.

Gap shundaki, “Do‘stlik” chegara bojxona posti orqali muntazam ravishda tijorat maqsadidagi tovarlarini go‘yoki shaxsiy ehtiyoj uchun olib o‘tishni o‘ziga kasb qilib olgan 3 nafar fuqarolar bu gal narkokuryerlarning "tuzog‘i"ga ilinishdi.

Moddiy manfaatdorlik evaziga ushbu shaxslar 9 kg og‘irlikdagi 3 dona “Ariel” kir yuvish kukunini chegara bojxona postidan olib o‘tayotgan vaqtida to‘xtatilib, mazkur tovarlar bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, kir yuvish kukuni qadog‘i muqaddam ochilgani va uning ichiga aslida “pregabalin” kuchli ta’sir qiluvchi moddasi joylangani fosh bo‘ldi.

Shu kunning o‘zida tezkor tadbir davom ettirilib, pregabalinni qabul qilib oluvchi shaxsga yetkazayotgan yo‘lovchi ham Ohangaron tumanida qo‘lga olindi. Uning yonida 27 kg. og‘irlikdagi 9 dona kir yuvish kukuniga ham kuchli ta’sir qiluvchi moddalar aralashgani aniqlandi.

Kalavaning uchi tezkor xodimlarni poytaxtimizning Uchtepa tumaniga yetakladi. Boisi yuqoridagi barcha kuchli ta’sir qiluvchi moddalar aynan ushbu tumandagi xonadonlardan biriga keltirilishi kerak edi.

Shubha ostiga olingan shaxsning ushbu tumanda ijarada yashab kelayotgan xonadoni belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida bu yerda yashirin narkolabaratoriya tashkil etishga hozirlik ko‘rilayotgani fosh bo‘ldi.

Xususan, quchli ta’sir qiluvchi moddalarni qayta ishlash va taqsimlash maqsadida turli jihozlar, xom ashyo va bo‘sh kapsulalar borligi aniqlandi.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlaridan so‘ng ertasiga “Do‘stlik” chegara bojxona postida aynan ushbu laboratoriyaga yetkazilishi kerak bo‘lgan, 20 kg. og‘irlikdagi 2 nomdagi kir yuvish kukuni qadoqlariga joylangan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning navbatdagi partiyasi ham qo‘lga olindi.

Shunday qilib ko‘p bosqichli tezkor tadbirlar yakunida qonunbuzar shaxslardan jami og‘irligi 56 kg.ni tashkil qiluvchi 16 dona kir yuvish kukuni qadoqlariga solingan kuchli ta’sir qiluvchi moddalar olib qo‘yildi.

Shundan 45 kilogramini Markaziy bojxona laboratoriyasi tomonidan o‘tkazilgan ekspertiza natijalariga ko‘ra “pregabalin” kuchli ta’sir qiluvchi moddasi tashkil etishi aniqlandi.

Eslatib o‘tamiz, 1 kg. pregabalin moddasini 33 ming kapsulaga taqsimlash mumkin. Demak, yuqoridagi holatda salkam 1,5 mln dona kapsulaga yetarli kuchli ta’sir qiluvchi moddalar tarqab ketilishining oldi olindi. Bu esa qanchadan qancha yoshlarning salomatligiga ziyon yetkazishi va turli jinoyatlarga yetaklashi muqarrar edi.

Dastlabki hisob-kitoblarga mazkur kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning qora bozordagi narxi 40 mlrd so‘mni tashkil qiladi.

Hozirda jami og‘irligi 45 kg. “pregabalin” kuchli ta’sir qiluvchi moddasi daliliy ashyo sifatida olinib, bojxona organlari tomonidan holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Eslatib o‘tamiz, respublikamiz bojxonachilari yil boshidan buyon 86 ta holatda salkam 90 kg. kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning bojxona chegaralari orqali noqonuniy ravishda olib o‘tilishi va ichki hududdagi yashirin aylanmasiga chek qo‘yishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Go‘zallik malikasi 9 oyga qamaldi

Бу ҳақда Need To Know (NTK) нашри хабар бермоқда.

Markaziy Osiyo xalqlari uchun Rossiya endi qiziq emas

Марказий Осиёдан Россияга келаётган меҳнат муҳожирлари сони сезиларли даражада камайди.

"Kim Chen Inni sud qilish vaqti keldi"

Украиналикларга Ким Чен Инни судга бериш маслаҳат берилди.

Xabi Alonsoga "Real"ning yulduz vingeri kerak emas

Хаби Алонсо Родригога "Реал"нинг асосий таркибидан жой тополмаяпти.

Rossiya o‘t ochishni to‘xtatish uchun ikkita shartni ilgari surmoqda — Bild

Айни дамда Оқ уй Трампнинг Путин билан суҳбати натижа бериб, рус етакчиси ўз шартларини юмшатишига умид билдирмоқда.

"Sizlar bizga terrorchi, biz esa sizlarga suv beramiz"

Бу ҳақда Ҳиндистон ташқи ишлар вазири Субраманям Жайшанкар Нью-Деҳлида бўлиб ўтган брифингда маълум қилди.

Istanbuldagi muzokarada Rossiya Ukrainaga beshta shart qo‘ydi

Истанбулда Украина билан ўтказилган музокарада Россия ўзининг асосий талабларини маълум қилди. Бу ҳақда Россия делегацияси вакили Владимир Мединский маълум қилди, деб хабар беради Clash Report.

"Rossiyadan qo‘rqganimda, mudofaa vaziri bo‘lmasdim"

Россиядан қўрқганимда, мудофаа вазири бўлмасдим — Эстония мудофаа вазири Ханно Певкур лавозимни қандай эгаллаганини айтиб берди.

Qo‘qon shahrida sodir bo‘lgan holat yuzasidan ma’lumot

Дастлабки маълумотларга кўра 7 нафар фуқаро шифохонага мурожаат қилган. Тиббий кўрикдан ўтказилиб, аҳволлари яхши бўлганлиги боис уйига рухсат берилган.

Rossiya Qrimdan harbiy texnikani olib chiqib ketmoqda

Россия Севастополдаги ҳарбий базадан ҳарбий техникани оммавий равишда олиб чиқиб кетмоқда, чунки у фронтда тақчил, деб хабар берди "АТЕШ".

Andijon hokimi Shuhrat Abdurahmonov jinoyat sodir etgani haqida xabarlar tarqaldi

Хабарларда ҳолат вояга етмаган шахсга нисбатан қилингани айтилган.

Qozog‘iston Rossiya bilan urushga tayyorgarlik ko‘rmoqdami yoki bu shunchaki ichki chorami?

Қозоғистон Россия билан уруш ҳақида гапирди.

Hokim o‘rinbosari o‘zini yoqib yubordimi?

Ижтимоий тармоқларда Яккабоғ тумани ҳокими ўринбосари ўзини ёқиб юборгани ҳақида хабар тарқалди.

Ortiqxo‘jayev yangi lavozimda ish boshlagani aytilmoqda

Тарқалган хвбврлврга кўра, Жаҳонгир Ортиқхўжаев Ўзбекистон корпоратив спорт ассоциацияси расининг биринчи ўринбосари сифатида иш бошлаган.

"Manchester Siti" qishda sotib olgan himoyachisi yozda sotib yuborilishi mumkin

Қишки трансферлар вақтида ҳимоячи Витор Рейс "Палмейрас"дан "Манчестер Сити" таркибини тўлдирди.

F-35 endi yashirina olmaydi! Rossiya va Xitoy radarlari amerikalik qiruvchilarni aniqlayapti

Россия ва Хитой радарлари Американинг F-35 қирувчи самолётларини аниқлаши ва кузатиши мумкин, деб ёзади The National Interest.

SSSR tugamaganmi? Kreml Ukraina urushiga yangi ta’rif berdi

Кремлга кўра, Совет Иттифоқи ҳуқуқий жиҳатдан ҳали мавжуд.

Isroil yana nazoratdan chiqib ketdi

Туркия Ташқи ишлар вазирлиги Фаластиннинг Женин шаҳрига ташрифи чоғида бир гуруҳ дипломатларнинг Исроил томонидан ўққа тутилишини кескин қоралади.

Tramp Rossiyaning g‘alabasiga ishonch bildirmoqda

АҚШ президенти Доналд Трамп Россия раҳбари Владимир Путин билан суҳбатлашгандан сўнг, Россиянинг Украинага қарши урушда ғалаба қозонишига ишонч билдирди.

Dron kuzatgan, raketa urgan: Rossiya Sumidagi poligonga zarba berdi

Россия Украинанинг Суми вилоятидаги полигонига зарба берди, қурбонлар бор.

Shimoliy Koreya Yaponiya dengizi tomon qanotli raketalarini uchirdi

Ҳозирда снарядлар денгизга тушгани тахмин қилинмоқда.

O‘zbekistonda ekologik va atrof-muhit bo‘yicha Markaziy Osiyo tadqiqot markazi tashkil etiladi

Марказ Марказий Осиё минтақасида илмий тадқиқотлар, мутахассисларни тайёрлаш, технологиялар ва тажриба алмашиш, шунингдек, «ёшил» ва барқарор ривожланишни тарғиб қилиш учун платформа бўлади.

Qamchiqda Cobalt xandaqqa tushib ketdi

Автомобилда ҳайдовчи ва 3 нафар йўловчи бўлган.

​​​​​​​AQShda Isroil elchixonasining ikki xodimi o‘ldirildi

Гумонланувчи қўлга олинган.

Tojikistonda 2 yoshli bola bog‘chada karavotga osilib qolib, vafot etdi

Маълумотларга кўра, лоқайдликка йўл қўйган 29 ёшли ходимга нисбатан жиноят иши қўзғатилган

Yo‘l transport hodisasi oqibatida vafot etgan shaxsning qarindoshiga 100 mln. so‘m zarar undirildi

Жумладан, қарздорга ижро ҳужжати мазмуни тушунтирилиб, унинг талабини бажармаслик оқибатлари ҳақида огоҳлантириш берилган.

Marko Rubio: "Biz G‘azoga oziq-ovqat yetkazib berish hajmi oshishini kutyapmiz"

АҚШ Давлат котиби Марко Рубио Исроил томони билан Ғазога озиқ-овқат етказиб бериш ҳажмини ошириш бўйича музокаралар олиб бораётганини таъкидлади.

Pokistonda terrorchi maktab avtobusini portlatib yubordi

Ҳозирча ҳеч бир террорчи гуруҳ ҳужум учун жавобгарликни ўз зиммасига олмаган.

Bayden haqida dahshatli da’vo: “Umri 1,5 yildan ko‘p qolmagan”

Саратоннинг тезкор шакли ташхиси қўйилган Байденнинг умри 12 ойдан 18 ойгача қолган бўлиши мумкин.

Qizlar armiyada xizmat qilmagan yigitlarga turmushga chiqmasligi kerak

Қирғизистонлик депутат Надира Нарматова парламент йиғилишида шундай фикр билдирди.

Surxondaryoda fuqarolar qovundan zaharlanayotgani rostmi?

Ижтимоий тармоқларда Сурхондарё вилоятида етиштирилган қовун маҳсулотларида гўёки нитрат миқдори меъёрдан ортиқ экани ва уни истеъмол қилган фуқаролар заҳарланаётгани ҳақида хабарлар тарқалди.

Toshkentda fastfud sabab 10 oylik chaqaloqning chirigan ichagi kesib tashlandi

Бу ҳақда “Миллар” дастурида маълум қилинди.

Polsha Ukrainaga qo‘shin yuborish bo‘yicha yakuniy qarorni e’lon qildi

Полша Украинага қўшин юбормоқчи эмас , бу якуний қарор. Бу ҳақда мамлакат бош вазири Доналд Туск ТВП Инфо каналида маълум қилди .

AQSh Eron yadroviy inshootlariga yaqin orada zarba berishini e’lon qildi

Бу ҳақда вазиятдан хабардор америкалик расмийларга таяниб CНН хабар бермоқда .

Isroil G‘azoda o‘zini-o‘zi mudofaa amaliyotini kengaytirdi

Исроил армияси ўзини ҳимоя қилиш доирасида Ғазо секторидаги амалиётини кенгайтирмоқда, бироқ гаровга олинганларни озод қилиш бўйича келишувга эришилса, “ҳаракатларини тузатишга” тайёр.

AQSh bir qancha davlatlar bilan falastinliklarni G‘azodan ko‘chirish imkoniyatini muhokama qilmoqda

Қўшма Штатлар Ғазо секторидаги фаластинликларни у ерга вақтинча жойлаштириш имкониятини сўраб бир қатор давлатларга мурожаат қилди.

Instagramʼdagi izoh sabab Samarqandda maktab o‘quvchisi halok bo‘ldi

Самарқанд вилояти Пахтачи туманида 2 мактаб мактаб ўқувчилари иштирокидаги жанжалда ўқувчилардан бири ҳалок бўлди. Воқеа дарсдан сўнг содир бўлган.

Qozog‘istondan olib kelingan sintetik giyohvandlik vositalari aylanmasiga chek qo‘yildi

Давлат хавфсизлик хизматининг Тошкент вилояти бўйича бошқармаси ходимлари томонидан ички ишлар органлари билан ҳамкорликда синтетик гиёҳвандлик воситалари айланмасига чек қўйишга қаратилган тезкор тадбир ўтказилди.

Tramp Baydenning sheriklarini xiyonatda aybladi

Оқ уй раҳбари тегишли нашр билан Truth Social ижтимоий тармоғидаги саҳифасида бўлишди.

Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch hazilidagi mojarolar fonida iste’foga chiqdi

Кёдо агентлиги хабарига кўра, бўш турган лавозимга аҳоли орасида машҳур бўлган ёш сиёсатчи, собиқ бош вазир Жуничиро Коидзумининг ўғли Синдзиро Коидзуми тайинланади.