Rossiyada mehnat migrantlari majburiy emlanishi mumkin

Rossiyada mehnat migrantlari majburiy emlanishi mumkin

Rossiya hukumati mehnat migrantlarini majburiy emlashni rejalashtirilmoqda. Bu haqida bosh vazir o‘rinbosari Marat Husnulin Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan Xalqaro iqtisodiy forum doirasida ma’lum qildi.

“Biz hozir mehnat migrantlarini olib kelishning soddalashtirilgan yo‘lini hamda ularni majburiy emlash uslubini ishlab chiqmoqdamiz”, - dedi Husnulin jurnalistlarga.

Shuningdek vise-premyer ayni damda Rossiyada qurilish sohasida ishchi kuchi yetishmasligi katta muammoga aylanganini va buning oqibatida iqtisod ulkan zarar ko‘rayotganini va qurilish sohasida maoshlar 50-100% oshganini ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!