Rossiya harbiy akademiyasida O‘zbekiston armiyasiga bag‘ishlangan maxsus burchak paydo bo‘ldi

Rossiya harbiy akademiyasida O‘zbekiston armiyasiga bag‘ishlangan maxsus burchak paydo bo‘ldi

Rossiya Federasiyasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi harbiy akademiyasida O‘zbekiston Qurolli Kuchlariga bag‘ishlangan maxsus burchakning ochilishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Rossiya Federasiyasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi harbiy akademiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari general-leytenant Oleg Makareevich ishtirok etib, hamyurtlarimizni O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan sana bilan tabrikladi. Akademiyada O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tarixi va buguniga bag‘ishlab ochilgan burchakni alohida e’tirof etib, bu ikki mamlakat harbiylari bir birining tarixini o‘rganish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Ayni vaqtda O‘zbekistondan borib tahsil olayotgan polkovnik Jahongir Bekmurodov tadbirda ishtirok etgan mehmonlarga O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining tinchlikparvarlik yo‘lida olib borayotgan islohotlari va harbiy xizmatchilarga yaratilgan sharoitlar hamda milliy armiyaning tarixi va ajdodlar merosi asosida shakllantirilganini gapirib berdi.

Tadbirda ishtirok etgan boshqa generallar va xorijlik tinglovchilar burchak bilan tanishar ekan, O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining shakllanish tarixi, jangovar qudrati va mamlakatning bugungi qiyofasi aks etgan suvenirlar, ma’lumotlar, plakatlar va fotosuratlar ularda katta taassurot qoldirganini ta’kidladi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!