"Real" 10 nafar futbolchisini sotmoqchi

"Real" 10 nafar futbolchisini sotmoqchi

"Real" klubi yozda yangi futbolchilar xarid qilish uchun 10 nafar futbolchisini sotmoqchi, deb xabar tarqatdi "Marca".

Manbaga ko‘ra, "qirollik klubi" darvozabon Keylor Navas, himoyachilar Nacho Fernandes va Teo Ernandes, yarim himoyachilar Xames Rodriges, Mateo Kovachich, Dani Sebalyos va Markos Lyorente hamda hujumchilar Garet Beyl, Borxu Mayoral va Raul de Tomaslarni transferga qo‘yadi.

Eslatib o‘tamiz, "Real" ayni damda himoyachi Eder Militao, yarim himoyachi Rodrigo Roesh va hujumchi Luka Yovichlar uchun 150 mln yevro atrofida mablag‘ sarfladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!