“Qo‘rqut ota” xalqaro kinofestivalida kinoijodkorlarimiz 4 ta xalqaro mukofotni qo‘lga kiritdi

“Qo‘rqut ota” xalqaro kinofestivalida kinoijodkorlarimiz 4 ta xalqaro mukofotni qo‘lga kiritdi

Turkiyaning Bursa shahrida “Qo‘rqut ota” turkiy xalqlar kinofestivali bo‘lib o‘tdi. Kinematografiya agentligi axborot xizmatiga ko‘ra, festival doirasida turkiy tilda so‘zlashuvchi 17 davlatlar kinoijodkorlarning sammiti tashkil etildi.
Unda kelajakdagi istiqbolli loyihalar, maqsadlar mushtarakligi haqida so‘z yuritildi. Festival doirasida Toshkent shaxridagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti filiali Bahcesehir University, Istanbul Film Academy va Istanbul Nisantasi University bilan xalqaro aloqalar o‘rnatildi. Ahamiyatli jihati 2023-2024 o‘quv yilidan boshlab filialning “Dramaturgiya” ta’lim yunalishida Netflix Series Script maxsus fani kiritiladi.

“Qo‘rqut ota” turkiy xalqlar kinofestivali doirasida “O‘zbekiston kinosi kunlari” o‘tkazilgani ham quvonarli voqelik bo‘ldi. Tadbirda o‘zbek kinoijodkorlari bilan ijodiy uchrashuvlar, davra suhbatlari va o‘zbek filmlari namoyishi tashkil etildi.

Festivalning filmlar namoyishi dasturidan Dilmurod Masaidovning “Ayol qismati”, Akrom Shoxnazarovning “101 reys”, Ibrohim Rasulovning “Muhabbat bahori” va Furqat Usmonovning “Inson” ko‘p qismli hujjatli filmlari joy olgan bo‘lib, Bursa kinoteatrlarida filmlar namoyish etildi.

Ushbu festivalga 17 davlatdan 400 dan ortiq kinoijodkorlar tashrif buyurdi.

Xalqaro anjumanda Turkiyadan tashqari Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Turkmaniston, Vengriya va Shimoliy Kipr kabi davlatlardan kino ustalari ishtirok etdi. 57 ta film ikki yo‘nalishda g‘oliblik uchun raqobatlashdi.

Ular orasida o‘zbek kinoijodkorlarining ikkita kartinasi ham tanlab olinib, filmlarimiz yurtimizga sovrin bilan qaytdi.

Jumladan, kinorejiyor Dilmurod Masaidovning “Inson” hujjatli filmi “Eng yaxshi film” nominasiyasi bo‘yicha Gran-pri bilan mukofotlandi. Sovrin film rejissyori Furqat Usmonovga topshirildi. Mazkur kinokartina Kinematografiya agentligi hamda “Spectre” studiyasi tomonidan suratga olingan.

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Dilshoh media” kinostudiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan, rejissyor Dilmurod Masaidovning adashib Suriyaga ketgan vatandoshlarimizni yurtimizga qaytarish yuzasidan amalga oshirilgan maxsus operasiya haqida hikoya qiluvchi “Ayol qismati” badiiy filmi esa kinofestivalning eng nufuzli bosh sovrini “Eng yaxshi badiiy film” nominasiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Gran-priga sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Shodiyevaga festivalning “Turkiy xalqlar kinematografiyasiga qo‘shgan xizmatlari uchun” hamda kinoaktrisa Yulduz Rajabovaga “Turkiy xalqlar birdamligi hamda hamdo‘stligiga qo‘shgan xizmatlari uchun” “TURKSOY” xalqaro mukofoti topshirildi.

Festival doirasida “Eng kreativ qisqa metrajli film suratga olgani uchun” BDKI talabalari Akmal Abidjanov va Saida’loxon Ma’sudxonovlar festivalning esdalik ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi.

Ma’lumot uchun, “Qo‘rqut ota” uchinchi xalqaro kinofestivali estafetasi Ozarbayjonga topshirildi. 2023 yil ayni shu paytda Ozarbayjonning Shusha shahrida ushbu festival yana turkiy davlat kinoijodkorlariga o‘z eshiklarini ochadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!