Qur’on musobaqasi: nima kutgandik, nimaga erishdik, istiqbol qanday?

A A A
Qur’on musobaqasi: nima kutgandik, nimaga erishdik, istiqbol qanday?

Joriy yil yurtimizda Qur’on musobaqasi ancha keng ko‘lamda o‘tkazildi. Unda 18-25 hamda 26-40 yosh toifasida erkaklar va ayollar «Hifz» – Qur’onni to‘liq yoddan o‘qib berish va «Tilovat» – Qur’onga qarab chiroyli o‘qish yo‘nalishi bo‘yicha ishtirok etdi.

Ta’kidlash o‘rinli, oldingi yillarda Qur’on musobaqasi tor doirada – Islom institutida, ba’zi bir masjidlarda yoki diniy idorada bo‘lib, 25-30 nafar qori ishtirok etardi. Mazkur musobaqa xalqimiz e’tiboridan chetda qolardi. Bu yil esa Qur’on musobaqasi yurtimiz bo‘ylab o‘tkazildi.

Qur’on musobaqasi orqali butun dunyoga O‘zbekistonda diniy erkinlik tiklanayotgani ko‘rsatildi. Musobaqa e’lon qilinganida qalbimizni qanday hislar qamrab olganini shunchaki tushuntirib bera olmasak kerak. Biz kutgan, orzu qilgan kunlar kelganidan xursand bo‘ldik. Prezidentimizning BMT Assmbleyasidagi nutqi, azonning baralla aytila boshlashi va Qur’on musobaqasi o‘tkazilishi O‘zbekiston musulmonlarining ko‘nglini tog‘dek ko‘tardi.

Ammo keyinroq Qur’on musobaqasi atrofida ba’zi gap-so‘zlar paydo bo‘ldi – ishtirokchilarga tazyiq va bosim bo‘lgani, ularning huquq-tartibot organlariga suhbatga chaqirilgani va h.z. Ha, aynan gap-so‘zlar. Sababi aniq bir shaxs tomonidan o‘ziga bosim bo‘lgani haqida shikoyat yoki murojaat bo‘lmadi. Hatto anonim ko‘rinishda ham bu ish amalga oshirilmadi.

Shu o‘rinda eslatish o‘rinli, Qur’on musobaqasi ishtirokchilarini ro‘yxatga olish jarayonida ham raqamlarni sun’iy ravishda kamaytirishga harakatlar bo‘layotgani haqida gap chiqqan, biroq bu rasman o‘z tasdig‘ini topmagandi.

Qur’on musobaqasini o‘tkazishdan maqsad hujralarni aniqlash edi, degan fikrlar ham ijtimoiy tarmoqlardagi ayrim foydalanuvchilar tomonidan ilgari surildi. Asos sifatida, televideniye orqali namoyish etilgan «Hujra zulmati» ko‘rsatuvida keltirilgan raqamlarga murojaat qilingan – 2017 yilda 33 ta «xufyona hujra» aniqlangan, 2018 yilning birinchi yarmida esa ko‘rsatkich 116 tani tashkil etgan. Qur’on musobaqasi o‘tkazilgan yilning yarmiga yetib kelmasdan aniqlangan «xufyona hujra»lar soni 3,5 barobar oshgan. Albatta, bu turli shubha-gumonlarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Lekin raqamlarning o‘zgarishi dalil-isbot bo‘lolmaydi, bu haqda Musulmonlar idorasi yoki huquq-tartibot organlari fikr bildirishi maqsadga muvofiq bo‘lsa kerak deb o‘ylaymiz.

Ana shu jihatlarni inobatga olib hamda ushbu musobaqada homiylar ishtirokini ham yoritishni reja qilib, biz O‘MIda bu masalaga mas’ul xodim bilan suhbatlashdik.

Salohiddin SHERXONOV, O‘MI ta’lim bo‘limi xodimi:

– To‘g‘risini aytsam, Qur’on musobaqasiga aynan qancha mablag‘ sarflanganini bilmayman. Musobaqada ishtirok etish maqsadida respublika bo‘yicha 5300 ga yaqin ariza kelib tushgan. Ishtirokchilarning yoshi turlicha ekanini inobatga olgan holda, ularni yosh toifalari bo‘yicha bo‘lishga qaror qilindi. Musobaqaning o‘zi uch – tuman, viloyat va respublika bosqichlarida o‘tkazildi.

Shu kunga qadar O‘zbekiston musulmonlari idorasiga Qur’on musobaqasi ishtirokchilari tomonidan qandaydir bosim yoki tazyiq bo‘layotgani haqida murojaat qilishgani yo‘q. O‘ylashim bo‘yicha, bu kabi gaplarni tashqarida yurgan g‘arazli kimsalar tarqatmoqda. Chunki musobaqa ishtirokchilariga qandaydir bosim bo‘lsa, biz bundan xabardor bo‘lardik.

Misol uchun, Qur’on musobaqasida qatnashgan 42 kishi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilindi. Ular imtihondan o‘tib, o‘z kuchlari bilan o‘qishga kirdilar. Agar qandaydir tazyiq bo‘lganida, shularga ham bo‘lardi. O‘qishga kirolmagan bo‘lardi.

Shuningdek, bizga musobaqada ishtirok etmoqchi bo‘lgan odamlar arizasini qabul qilinmaganligi haqida ariza yoki shikoyat tushgani yo‘q. Bunaqa holat kuzatilgani borasida birorta ma’lumot yo‘q...

Maqolani tayyorlash asnosida 2018 yilgi Qur’on musobaqasining ayollar o‘rtasidagi mutlaq g‘olibasi Robiyaxon Najmiddinovaning otasi bilan ham suhbatlashdik. Xabaringiz bor, ijtimoiy tarmoqlarda Robiyaxon Najmiddinova va uning oila a’zolari O‘zbekiston Respublikasi DXX huzuriga olib ketilgani haqida xavotirli xabarlar tarqalgandi.

Qutbiddin KOMILOV:

– Mening qizlarim Prezidentimiz tashabbusi bilan o‘tkazilgan Qur’on musobaqasida qatnashdi. Ikkinchi qizim tilovat yo‘nalishida birinchi o‘rinni olgan bo‘lsa, Oliy ma’hadda o‘qiydigan qizim oliy o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bundan albatta xursand bo‘ldik.

Oxirgi paytlarda atrofimizda turli gaplar paydo bo‘ldi. Mening qizimni organga olib ketilgani haqida ham mish-mishlar tarqadi. Avvalambor bir narsani unutmaylik, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam “Yolg‘onchilar mening ummatim emas” deganlar. Shunday ekan, barchamiz yolg‘ondan yiroq bo‘lishimiz kerak. Musobaqada birinchi o‘rinni olgan qizim Xadichai Kubroda o‘qigan. Oliy o‘rinni olgani hozir Oliy ma’hadda tahsil olyapti. Ular yurtimizning ta’lim dargohlarida o‘qib, dunyoviy va diniy ilmlarni o‘zlashtirishgan. Maktab va liseylarda yaxshi ta’lim olganlar. Ularning barcha olgan bilimlari, bu gapimga qiyomatda ham javob bera olaman, yurtimizning madrasa va oliy ta’lim dargohlarining sharofati bilan egallangan.

Bizning oilamizga hech qanday bosim bo‘lgani yo‘q, bo‘lmaydi ham. Biz qonunchilikni yaxshi bilamiz. Men o‘zim internetni yaxshi tushunmayman. Saytlarga kirmayman. Musobaqa tashkiliy qo‘mitasi a’zosi Hasanxon Yahyo Abdulmajid bilan gaplashganimda, bu gaplardan xafa bo‘lganini bildim. Xalq va hukumat orasini buzishdan manfaatdor odamlar ko‘p ekan.

Biz aynan Qur’on musobaqasi sharofati bilan Malayziyaga borib keldik. U yerdagi odamlarning munosabati, tashkiliy ishlarni o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rib keldik. U yerda O‘zbekistondagi kabi shukuhni, birdamlikni his qilmadim.

Shuningdek, Qur’on sharofati bilan Umraga ham borib keldik. Shunday voqealar bo‘lar ekan, bu allaqanday kimsalarga yoqmaydi...

Shu o‘rinda ta’kidlash o‘rinli, 6 iyun kuni O‘zbekiston «Qur’on musobaqasi – 2018»da g‘olib bo‘lgan qorilar va ularning yaqinlari «Toshkent – Jidda» aviareysi orqali Umra safariga yo‘l olganlarini ham eslatib o‘tish joiz. Mukofot tarzida berilgan bu Umra safarida qorilarning ota-onalari va yaqin oila a’zolaridan iborat 30 kishi ham bor edi.

Yana bir e’tiborli jihati, musobaqa orqali yurtimizning qaysi hududida Qur’on yodlashga e’tibor yuqori ekanini ham bilib olish imkoni paydo bo‘ldi.

Hududlar bo‘yicha «Qur’on musobaqasi – 2018» ishtirokchilariga nazar solsak qiziq bir statistikaning guvohi bo‘lamiz. Masalan, Qorqalpog‘iston Respublikasining jami aholi soni 1 842 300 kishi bo‘lgani holda Qur’on musobaqasida (ikki yo‘nalish bo‘yicha) 214 nafar qori va qoriyalar ishtirok etdi. Bu aholi soniga nisbatan hisoblaganda 0,00011 foizni tashkil qilmoqda, boshqacharoq aytganda har 100 000 odamning 11 nafari qori (qoriya). Namangan viloyati misolida ko‘rib chiqsak, jami aholisi – 2 699 600 kishi, musobaqa ishtirokchilari soni – 954 nafar (0,0035 foiz), 100 000 odamga 35 nafar qori (qoriya) to‘g‘ri kelmoqda. Qorqalpog‘iston Respublikasiga nisbatan olsak Namanganda qorilar 3 barobar ko‘p ekan (oliy o‘rin sohibi aynan Qorqalpog‘istondan ekanligini inobatga olsak, kelgusi yillarda ushbu hududdan ishtirokchilar soni ortadi deb o‘ylaymiz). Xuddi shu usul bilan Farg‘ona va Namangan viloyatlarini solishtirganimizda statistika Namangan «zarari»ga ishlamoqda: Farg‘ona viloyati aholisining soni 3 620 200 kishi, musobaqa ishtirokchilari – 1 948 nafar (0,00054 foiz), har 100 000 kishining 54 nafari qori va qoriyalar. Umumiy statistikaga e’tibor bersak, eng ko‘p qorilar Farg‘ona viloyatida – 1 948 nafar, har 100 000 aholiga to‘g‘ri keladigan qorilar soni bo‘yicha Andijon viloyati peshqadam – 58 nafar, qorilari eng kam hudud – Sirdaryo viloyati – 145 nafar qori (qoriyalar) musobaqada ishtirok etgan, lekin 100 000 nafar aholiga to‘g‘ri keladigan Qur’on hofizlari Qashqadaryoda kamchilikni tashkil qilar ekan – 6 kishi. O‘ylaymizki, Qur’on hofizlari ko‘p bo‘lgan yurtning barakasi mo‘l bo‘lishini bilgan mas’ullar bundan tegishli xulosa chiqaradilar. Quyidagi jadval orqali hududlar kesimidagi statistikaning to‘liq ko‘rinishi bilan tanishishingiz mumkin:

Qur’on musobaqasi Prezident tashabbusi bilan o‘tkazildi. Shavkat Mirziyoyev o‘z chiqishlarida Qur’on hech qachon yomonlikka da’vat qilmasligini ta’kidladi. Bu shunchaki aytilgan gaplar emas. Mazkur musobaqa ishtirokchilariga bosim yoki tazyiq o‘tkazish birinchi navbatda Prezident tashabbusiga qarshi chiqish bo‘lib qolishini har birimiz anglashimiz shart. Prezidentga ishonganlar bundan afsus chekmasligiga har bir bo‘g‘indagi tashkilot mas’uldir.

Yurtimiz azaldan olimlar, ahli ilmlar diyori bo‘lgan. Ular jahon miqyosida dovruq qozonganlar, ular yozgan kitoblar hali hamon o‘ta dolzarb bo‘lib turibdi va insha Alloh qiyomat kuniga qadar ahamiyati yuqori bo‘laveradi.

Hazrat Ali roziyallohu anhu “O‘z ajdodlaringiz bilan huda-behudaga maqtanavermang” deb aytgan ekanlar. Bu gap bizga ham tegishli. Falon bobomiz unday qilgan, mana bunday kitob yozgan deb maqtanaverish bilan ish bitmaydi. Prezident ham o‘z chiqishlarida bu haqda gapirib, oxirgi yillarda kuchli olimlar yetishib chiqishi kamayib ketganini ta’kidlagandi. Shunday ekan, diyorimizdan olimlar yetishib chiqishi uchun munosib sharoit bo‘lishi lozim. Qur’on musobaqasi misolida biz ana shu sharoitni ko‘ra oldik. Chunki Islomning asosi Qur’on. Uni chuqur egallagan inson yuksalib boraveradi.

Umid qilamiz-ki, navbatdagi Qur’on musobaqasi ham avvalgidan kam bo‘lmagan ko‘rinishda yoxud Xalqaro miqyosda o‘tkaziladi. Shu kunga qadar bildirilgan shubha va gumonlarni tarqatib yuboradi, insha Alloh.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

To‘satdan kartangizdan pul yechilsa, hayron bo‘lmang!

ATTO компанияси хабар беришича, 3–4 декабрь кунлари амалга оширилган йўл ҳақи учун кечиктирилган тўловлар тизим томонидан ечиб олина бошлайди. ​Сабаби техник носозликлар бўлиб, баъзи тўловлар аввалроқ ечилмай қолган. ​Қўрқманг! Бу хатолик эмас, фақат ўша кунларда сарфлаган ҳақиқий суммагина ечилади.

Putin ayrim shaxslarning mablag‘larini cheklash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Ular kimlar?

Ҳукумат Марказий банк билан келишилган ҳолда, оила аъзоларининг ҳар бири учун ойига 10 минг рубль миқдорида лимит белгилаган.

Finlandiya tashvishda: "Agar Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuviga erishilsa..."

Финландия бош вазири Петтери Орпо мамлакат иқтисодиёти жуда ёмон аҳволда эканини, бунинг асосий сабаби Россия томонидан келаётган таҳдидлар билан боғлиқлигини айтди.

Ishonch yoki yuqotish: Donbassning taqdiri nima bo‘ladi?

Сўровномада қатнашганларнинг фақат 9 фоизи Россиянинг босқини 2026 йил бошигача тугайди деб ўйлайди.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.