Qorako‘lda 3 nafar fuqaro 22 tup manzarali daraxtlarni kesib tashladi

Qorako‘lda 3 nafar fuqaro 22 tup manzarali daraxtlarni kesib tashladi

Natijada tabiatga 171 mln so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Qorako‘l tuman «Xo‘jalar» MFYda daraxtlarning kesilishi bilan bog‘liq video murojaat tarqaldi.
Buxoro viloyati Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi, viloyat Prokuraturasi hamda Qorako‘l tuman IIB bo‘limi bilan hamkorlikda o‘rganish ishlari olib borilgan.

O‘rganish ishlari davomida Qorako‘l tuman “Xo‘jalar" MFY hududidan 3 nafar fuqaro tomonidan 22 tup har xil o‘lchamdagi manzarali daraxtlar kesib tashlanganligi aniqlangan.

Huquqbuzarlikni sodir etgan ushbu fuqarolarga nisbatan MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
"Bundan tashqari, tabiatga yetkazilgan zarar 146 mln 200 ming so‘m hamda 25 mln 500 ming so‘m jarima qo‘llanildi',- deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!