Qoidani buzgan haydovchiga chora ko‘rildi

Qoidani buzgan haydovchiga chora ko‘rildi

📱Ijtimoiy tarmoqda "Cobalt" rusumli, 01B822KB davlat raqam belgili avtomobil haydovchisi transport vositalarining oqimiga qarama-qarshi tarzda harakatlanib, piyodani turtib yuborganligi aks etgan video tarqaldi va keng jamoatchilik muhokamalariga sabab bo‘ldi. Surishtiruvlar davomida piyoda tan jarohati olmaganligi ma’lum bo‘ldi.

📹 Video Toshkent shahar IIB JXX YHXB mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganilib, ushbu haydovchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 128⁵-moddasi ikkinchi qismi tartibida bayonnoma rasmiylashtirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!