Qirg‘izistonda ko‘cha chiroqlarini o‘chirish talab qilindi

Qirg‘izistonda ko‘cha chiroqlarini o‘chirish talab qilindi

Qirg‘iziston milliy energoxoldingi kuz-qish mavsumida nomaishiy iste’molchilarning ko‘chalar va reklamalarni yoritishini man etdi. 24.kg nashrining xabar berishicha, ushbu taqiq kafe, restoran, hammom, sauna, do‘konlar va parklarga tegishli.

Bunday qaror Toktogul suv omboridagi suvdan oqilona foydalanish va elektr energiyasini tejash maqsadida qabul qilindi.

“Bitta chiroq hech nimani bildirmaydi, biroq mamlakatda millionlab chiroq bor. Natijada yaxshigina miqdor hosil bo‘ladi. Qaranglar, kafelarda kechqurun yuztalab chiroq yoniq turadi”, – dedi Milliy energoxolding rahbari Talaybek Baygaziyev.

Barcha taqsimot kompaniyalariga kechqurun va ertalab reydlar o‘tkazish uchun bildirgi yuborildi. Ular yoritishdan foydalanilmayotganini tekshirishi kerak.

Toktogul suv omborida suv kamayib ketgani sababli Qirg‘iziston 1 oktyabrdan e’tiboran Tojikistondan elektr sotib ola boshladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!