Qirg‘iziston bosh vaziri niqob taqmagani uchun jarimaga tortildi

Qirg‘iziston bosh vaziri niqob taqmagani uchun jarimaga tortildi

Qirg‘izistonning yangi bosh vaziri Kubatbek Boronov sanitariya me’yorlarini buzgani uchun mamlakat xalqidan kechirim so‘radi va jarimaga to‘laydigan bo‘ldi. Bu haqda «24.kg» xabar berdi.

Mamlakatda 17 iyun kuni bosh vazir vakolatlarini topshirishga bag‘ishlangan rasmiy marosim o‘tkazilgan, yangi bosh vazir Kubatbek Boronov hukumat kursisini Muhammedkaliy Abilgaziyevdan qabul qilib olgandi.

O‘sha marosimda olingan fotosurat ijtimoiy tarmoqlarda ko‘pchilikning noroziligiga sabab bo‘lgandi. Chunki hukumat a’zolari niqob taqishmagan, oraliq masofaga rioya qilishmagandi. Xususan, Boronov va Abilgaziyevlar ham.

Bugun mamlakat Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov amaldorlar Sog‘liqni saqlash vazirligi ko‘rsatmalarini buzishganini tanqid qildi. Shuning uchun hukumatning barcha a’zolari jarima to‘lashi kerak, dedi prezident. Faqat oddiy xodimlar bundan istisno, chunki ular boshliqlarning buyrug‘ini bajarishgan.

Shundan so‘ng yangi bosh vazir mamlakat xalqidan sanitariya me’yorlarini buzgani uchun kechirim so‘radi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!