Qibrayda yong‘in: Favqudodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev voqea joyiga bordi

Qibrayda yong‘in: Favqudodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev voqea joyiga bordi

Qibray tumanida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot berildi.

Avval xabar berganimizdek, bugun, 30 sentyabr kuni soat 20:10 da Toshkent viloyati, Qibray tumanida joylashgan Toshkent Davlat agrar Universiteti hududidagi binoda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 20:17da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 21:36 da qurshab olingan va soat 22:10 da batamom o‘chirilgan

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi.

Yong‘inni bartaraf etish jarayonini Favqudodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev bevosita voqea joyidan boshqarib bordi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!