Polsha prezidenti sudga chaqirildi
Polsha prezidenti Anjey Duda fuqarolarni haqorat qilganlik ishi bo‘yicha prezidentlik muddati tugaganidan keyin sudga chaqiriladi. Bu haqda Polshaning ksenofobiya va irqchilik xulq-atvorini monitoring qilish markazi ma’lum qildi, deb yozadi Belta agentligi.
Markaz migrasiya inqirozi mavzusini ko‘targan “Yashil chegara” filmi haqidagi bayonoti uchun prezident ustidan shikoyat qilgan. Televizorda Duda kinoni tomosha qilganlar "cho‘chqa" ekaniga ishora qilgan.
Aniqrog‘i, Anjey Duda Polshaning TVP telekanalida filmni tanqid qilib, “Polsha chegarachilarni haqorat qilmoqda”, dedi. Shuningdek, prezident filmni tomosha qilgan chegarachilar “Kinoda faqat cho‘chqalar o‘tiradi” degan iborani qo‘llaganidan ajablanmaganini ham aytgan. Bu bayonotdan ko‘p o‘tmay markaz prezident ustidan sudga murojaat qilganini ma’lum qildi.
Varshava okrug sudida markazning prezidentga nisbatan shikoyati bo‘yicha sud majlisi 2025 yil 24 oktyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:00 ga belgilangan. Ish ochiq va har kim sud zalidan translyasiyani tomosha qilishi mumkin.
Film haqida: Agneski Golland rejissyorligidagi “Yashil chegara” filmining premerasi 2023 yil sentyabr oyida Venesiya kinofestivalida bo‘lib o‘tdi. Filmda 2020 yillar boshida Belarus-Polsha chegarasida sodir bo‘lgan voqealar tasvirlangan. Bosh qahramonlar qochqinlar, afg‘onistonlik ingliz tili o‘qituvchisi va suriyalik oila. Ular Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga kirishga urinib, chegarada qolib ketishadi.