Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Komil Allamjonovga ketishi oldidan minnatdorlik bildirdi

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Komil Allamjonovga ketishi oldidan minnatdorlik bildirdi

Saida Mirziyoyeva Komil Allamjonovning o‘tgan 2 yil davomida Administrasiyadagi faoliyatiga yuqori baho berishini ma’lum qilgan.

“Komil Ismoilovich, fidokorona xizmatingiz va professionalizmingiz uchun chuqur minnatdorlik bildiramiz. Kelgusidagi har qanday faoliyatingizda ham omad yor bo‘lsin”, degan u.

Komil Allamjonovning ma’lum qilishicha, u faoliyatini xususiy sektorda davom ettiradi.

Avvalroq uning Prezident Administrasiyasi Axborot siyosati departamentining rahbari lavozimidan ozod etilgani xabar qilingandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!