Hizbulloh Isroilning quruqlikdagi operasiyasiga tayyor

Hizbulloh Isroilning quruqlikdagi operasiyasiga tayyor

Shia guruhi yetakchisining o‘rinbosari Isroil bosqiniga tayyorligini va harbiy salohiyatni saqlab qolishini ma’lum qildi. Livan katta eskalasiyaga tayyorlanmoqda.

Hizbulloh yetakchisi o‘rinbosari Shayx Naim Kassemning ta’kidlashicha, Livan harakati yetakchisi Hasan Nasrulloh va ko‘plab yuqori martabali qo‘mondonlar o‘lganiga qaramay, jangovar tayyorgarlikda qolmoqda.

«Biz to‘liq tayyormiz, agar isroilliklar quruqlikdan bostirib kirishni xohlasa, qarshilik kuchlari bunga tayyor», dedi Kassem.

Unga ko‘ra, «Hizbulloh» amaliyotlari xuddi shunday shiddat bilan davom etmoqda. Guruh tez orada «ichki mexanizmlar» orqali yangi rahbariyatni tayinlashni rejalashtirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!