Rossiya byudjetining mudofaa uchun xarajatlari rekord darajaga yetishi mumkin
2025 yilda Rossiya byudjetining mudofaa uchun xarajatlari rekord darajadagi 149 millard dollarga yetishi mumkin — The Bell
"Bu 2025 yilgi federal byudjet to‘g‘risidagi qonun loyihasiga tushuntirish xatidan kelib chiqadi", deb yozadi nashr.
Shunday qilib, Rossiyaning mudofaa xarajatlari YAIMning 6,3 foizini tashkil qiladi. Avvalroq Bloomberg agentligi budjet loyihasiga tayanib, mudofaa xarajatlari taxminan 145 milliard dollarni tashkil etishi haqida xabar bergan edi. Shu bilan birga, tushuntirish xatida kelgusi ikki yil ichida xarajatlar kamroq bo‘lishi qayd etilgan: 2026 yilda 141 millard dollar va 2027 yilda 144 milliard dollar.
2024 yilda Rossiya Federasiyasida mudofaa uchun byudjetdan 114 milliard dollar ajratilgan edi.
2025 yilgi byudjetda, shuningdek, milliy xavfsizlik sohasi uchun qariyb 39 millard dollar sarflash rejalashtirilgan. Shunday qilib, 2025 yilda mudofaa va xavfsizlikka umumiy xarajatlar Rossiya Federasiyasi federal byudjetining 41 foizini tashkil qiladi.