Eronda Mossad agenti Isroilga qarshi bo‘limni boshqargan
Bir necha yil avval Eronda tashkil etilgan Isroilga qarshi kurash bo‘limi boshlig‘i yahudiy davlati razvedka agentligi - Mossad agenti bo‘lib chiqdi. Bu haqda Eronning sobiq prezidenti Mahmud Ahmadinajod ma’lum qildi, deya xabar beradi Haberler nashri .
«Biz Isroilga qarshi bo‘linmani yaratdik va uni boshqargan shaxs Mossad agenti bo‘lib chiqdi», dedi siyosatchi.
Ahmadinajod bu bayonotni Eronda, Livanda joylashgan Hizbulloh shia tashkiloti rahbari Hasan Nasrulloh tugatilishi fonida Isroil josuslari haqida ko‘proq gapira boshlaganidan keyin aytdi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)