Qatardan Toshkentga muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Qatardan Toshkentga muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Qatar va O‘zbekiston munosabatlarida muhim bosqich ikki mamlakat poytaxti o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam havo qatnovi yo‘lga qo‘yildi.

Dastlabki bosqichda ushbu yo‘nalishda aviakompaniya haftasiga 4 marta dushanba, seshanba, payshanba va shanba kunlari parvozlarni amalga oshiradi. Keyingi bosqichda esa har kuni reyslar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Muntazam reysning yo‘lga qo‘yilishi mamlakatlarimiz o‘rtasida sayyohlik almashinuvi o‘sishiga sezilarli hissa qo‘shishi, qolaversa, Fors ko‘rfazi va Markaziy Osiyo o‘rtasida ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!