Qashqadaryoda 21 yashar yigitni o‘ldirib, qochib ketgan erkak ushlandi

Qashqadaryoda 21 yashar yigitni o‘ldirib, qochib ketgan erkak ushlandi

2019 yil 25 may kuni soat 01:00larda noma’lum haydovchi aniqlanmagan avtomashinani Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumani Oqtosh MFY hududidan o‘tuvchi avtomagistral yo‘lining 16-km.da haydab ketayotib 21 yoshli piyoda D.T.ni urib yuborgan va voqea joyidan yashiringan. Natijada D.T. jarohat olib, voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyati ishi qo‘zg‘atilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar  boshqarmasining yozishicha, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini Yakkabog‘ tumani Jiyda qishlog‘i, Jiyda MFYda yashovchi 33 yoshli B.H. o‘zining “Damas” rusumli avtomashinasida sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!