Qarshi shahrida fuqarolarga avtomashina olib berishni va’da qilib, ularning 22 000 AQSh dollarini qo‘lga kiritgan shaxs aniqlandi

Qarshi shahrida fuqarolarga avtomashina olib berishni va’da qilib, ularning 22 000 AQSh dollarini qo‘lga kiritgan shaxs aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro A.YU. fuqarolarga avtosalondan shartnoma asosida qisqa muddatda avtomashina olib berishini aytib, 2 nafar fuqaroga “Cobalt” va “Malibu” rusumli avtotransport vositalarini olib berishi evaziga ularning jami 22 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!