Dog‘istonda 28 sentyabr yoqilg‘i quyish shoxobchasida halok bo‘lganlar xotirasiga motam kuni deb e’lon qilindi

Dog‘istonda 28 sentyabr yoqilg‘i quyish shoxobchasida halok bo‘lganlar xotirasiga motam kuni deb e’lon qilindi

Dog‘iston rahbari Sergey Melikov yoqilg‘i quyish shoxobchasida 10 kishi, jumladan, ikki bola halok bo‘lgan fojia munosabati bilan 28 sentyabrni motam kuni deb e’lon qildi.

«10 nafar vatandoshimiz, jumladan, ikki nafar bolaning hayotiga zomin bo‘lgan fojia yuz berdi. Hammasi bo‘lib 21 kishi jarohat oldi», — dedi Melikov o‘zining Telegram’dagi kanalida.
Viloyat rahbari halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirib, mutasaddi tashkilotlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga ishontirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!