Putinning Pxenyanga tashrifiga javoban AQSH, Yaponiya va Janubiy Koreya harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda

Putinning Pxenyanga tashrifiga javoban AQSH, Yaponiya va Janubiy Koreya harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda

Janubiy Koreya, Yaponiya va AQSh Rossiya va KXDR o‘rtasidagi harbiy ittifoq mustahkamlanayotganini qoraladi. Ayni paytda Amerikaning Teodor Ruzvelt aviatashuvchi kemasi Koreyaga yetib keldi va uch tomonlama harbiy mashg‘ulotlarda qatnashadi.

Shuningdek, joriy haftada Vashingtonda iqtisodiy xavfsizlikni mustahkamlash va ta’minot zanjirlarini himoya qilish, shuningdek, sanoat kooperasiyasini rivojlantirishga bag‘ishlangan uch tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tishi ma’lum bo‘ldi.

Uchrashuvda Janubiy Koreya sanoat va savdo vaziri An Dok Kin, AQSh savdo vaziri Jina Raymondo va Yaponiya savdo vaziri Ken Saito ishtirok etadi.

Uchrashuv shuningdek, ishbilarmon doiralar vakillari o‘rtasida hamkorlik qilish uchun uch tomonlama platforma yaratilishini ta’minlashi kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!