Pokistonda qayiq ag‘darilib ketishi natijasida 11 nafar bola halok bo‘ldi

Pokistonda qayiq ag‘darilib ketishi natijasida 11 nafar bola halok bo‘ldi

Pokistonning Xayber-Paxtunxva viloyatining Kohat tumanida qayiq ag‘darilib ketdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 11 bola halok bo‘lgan, 8 nafari bedarak yo‘qolgan.

Mahalliy matbuotning yozishicha, 7 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan madrasa talabalari bo‘lgan qayiq Tanda to‘g‘oni yaqinidagi suv omborida ag‘darilib ketgan.

Polisiyaga ko‘ra, g‘avvoslar tomonidan qutqarilgan olti bolaning ahvoli og‘ir.

Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!