Kelgusi oyda AQSh prezidenti Donald Trampning Pekinga tashrifi kutilmoqda. Xitoy rahbari Si Jinpin bu galgi muzokaralarda Tayvan masalasini kun tartibining eng yuqori pog‘onasiga qo‘ydi. Bu o‘tgan yilgi uchrashuvlardan farq qiladi, chunki o‘shanda Pekin bu mavzuni vaqtincha chetga surib turgan edi.
Taybey rasmiylari Trampning ittifoqchilarga nisbatan pragmatik yondashuvidan xavotirda. Ular Tramp Xitoy tomonidan AQSh samolyotlari yoki qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining yirik hajmda sotib olinishi evaziga Tayvanni qo‘llab-quvvatlash siyosatini yumshatishi mumkinligidan cho‘chishyapti. Xitoy tomoni esa Vashington yirik harbiy to‘qnashuvdan qochish uchun Tayvan mustaqilligini qo‘llab-quvvatlamasligini ochiq bayon qilishi kerakligini ta’kidlamoqda.
Hozirda AQSh "yagona Xitoy" siyosatiga amal qilib, orolning mustaqilligini tan olmaydi, biroq unga o‘zini himoya qilish uchun harbiy yordam ko‘rsatib keladi. Yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqarish bo‘yicha jahon giganti bo‘lgan Tayvan atrofidagi vaziyatning o‘zgarishi Tinch okeani mintaqasidagi harbiy muvozanatga va Vashingtonning Osiyodagi xavfsizlik kafolatlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Ҳозирда тергов ҳаракатлари давом этмоқда. Ўзбекистоннинг Сеулдаги элчихонаси мазкур ҳолатни назоратга олган бўлиб, Корея томони билан ҳамкорликни давом эттирмоқда.
Фаррух Пулатовнинг айтишича, Тошкентдаги 419 та умумий овқатланиш корхонаси ҚҚСдан қочиш учун ўз номига ёки ходимлари номига ЙТТ очиб, чекларни улар номидан бермоқда.
BBC мухбири маълумотига кўра, Польша томонидан россиялик археолог Александр Бутягиннинг Беларусьга топширилиши Украинада камида тушунмовчилик билан қабул қилинмоқда.