FIFA o‘zining "X" ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida 2029 yilgi yoshlar o‘rtasidagi (U-20) jahon chempionati mezbonlarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, navbatdagi yirik turnir Armaniston va Gruziya maydonlarida bo‘lib o‘tadi.
"Armaniston va Gruziya 2029 yilda 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi FIFA jahon chempionatiga mezbonlik qiladi! Bu har ikki mamlakat tarixida FIFA shafeligida o‘tkaziladigan ilk turnir bo‘ladi", — deyiladi rasmiy xabarda.
Ma’lumot uchun:
2025 yilgi yoshlar o‘rtasidagi JCh Chilida bo‘lib o‘tdi va unda Marokash terma jamoasi finalda Argentinani 2:0 hisobida mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritdi. Kolumbiya esa Fransiyani mag‘lub etib, uchinchi o‘rinni egalladi.
JCH-2027 turniri esa Ozarbayjon va O‘zbekiston yashil maydonlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Shu tariqa, Kavkaz mintaqasi ketma-ket ikkita yoshlar o‘rtasidagi dunyo birinchiligiga mezbonlik qiladigan bo‘ldi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Ҳозирда тергов ҳаракатлари давом этмоқда. Ўзбекистоннинг Сеулдаги элчихонаси мазкур ҳолатни назоратга олган бўлиб, Корея томони билан ҳамкорликни давом эттирмоқда.
Фаррух Пулатовнинг айтишича, Тошкентдаги 419 та умумий овқатланиш корхонаси ҚҚСдан қочиш учун ўз номига ёки ходимлари номига ЙТТ очиб, чекларни улар номидан бермоқда.
BBC мухбири маълумотига кўра, Польша томонидан россиялик археолог Александр Бутягиннинг Беларусьга топширилиши Украинада камида тушунмовчилик билан қабул қилинмоқда.