AtlasIntel va Bloomberg tomonidan o‘tkazilgan so‘nggi so‘rov natijalari Braziliyaning amaldagi prezidenti Luis Inasio Lula da Silva va senator Flavio Bolsonaru o‘rtasidagi farq minimal ekanini ko‘rsatdi. Ikkinchi turda o‘ng qanot vakili Bolsonaru 47,8%, amaldagi davlat rahbari Lula esa 47,5% ovoz to‘pladi. Bu ko‘rsatkich nomzodlarning statistik jihatdan bir xil mavqeda ekanidan dalolat beradi.
Oktyabr oyida bo‘lib o‘tadigan saylovlarda asosiy e’tibor sobiq prezident Jair Bolsonaruning o‘g‘li — 44 yoshli Flavioga qaratilgan. 80 yoshli Lula o‘z navbatida to‘rtinchi bor prezidentlik kursisini egallash niyatida.
Braziliya qonunchiligiga ko‘ra, agar birinchi turda hech bir nomzod mutlaq g‘alaba qozona olmasa, g‘olib ikkinchi turda aniqlanadi. Lotin Amerikasining eng yirik iqtisodiyotidagi bu siyosiy bellashuv xalqaro bozorlar e’tiborida turibdi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Ҳозирда тергов ҳаракатлари давом этмоқда. Ўзбекистоннинг Сеулдаги элчихонаси мазкур ҳолатни назоратга олган бўлиб, Корея томони билан ҳамкорликни давом эттирмоқда.
Фаррух Пулатовнинг айтишича, Тошкентдаги 419 та умумий овқатланиш корхонаси ҚҚСдан қочиш учун ўз номига ёки ходимлари номига ЙТТ очиб, чекларни улар номидан бермоқда.
2026 йил март ойида Ливандаги можаро кучайиши ортидан 1 миллиондан ортиқ одам ўз уйини тарк этди. Улардан тахминан 620 мингини аёллар ва қизлар ташкил этди.